Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

16 yoshdan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish tartibi joriy etiladi

16 yoshdan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish tartibi joriy etiladi

Foto: «Xabar.uz»

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-905-son, 07.02.2024 y.) bilan kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, gerbli guvohnomalarda davlat gerbi va QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri mavjud bo‘lishi haqidagi talab «Oila kodeksi»da mustahkamlab qo‘yildi.

Shuningdek, «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuniga jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshga to‘lgan fuqarolarni hisobga qo‘yish ularga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni berish bilan bir vaqtda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritildi.

«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

Belgilangan hollarda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza talabgorning xohishiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan yuborilishi mumkin bo‘ldi.

Bunda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tadbirkorlik sub’yektining qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun asos bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda, maxsus elektron tizim vositasida vakolatli organga xabarnoma yuboradi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ orqali litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda yig‘im undirilmaydi. (Ilgari bunday qoida mavjud emas edi).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring