Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Federatsiya Navoiyda aldangan ayolga yordam berdi

Federatsiya Navoiyda aldangan ayolga yordam berdi

2019 yil 5 avgust kuni Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Navoiy shahrida yashovchi fuqaro Gulbaxor Rashidova yozma murojaat qildi.

Unda Karmana tumanida joylashgan pishgan g‘isht ishlab chiqarish sexidan 36 000 000 so‘m miqdordagi pishgan g‘isht sotib olganligini, ammo mahsulot sifatsiz va yaroqsiz holda ekanligidan noroziligini bildirgan.

Fuqaro murojaati Federatsiya mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilganda haqiqatdan ham pishgan g‘isht mahsulotining 15 000 donasi butkul sifatsiz holda ekanligi kuzatildi.

Shundan so‘ng jamiyat mutaxassislari ushbu holat bo‘yicha o‘tkazgan kuzatuv-o‘rganishlar xulosasiga ko‘ra tadbirkor N.Saynazarov va I.Ochilovga O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida mustahkamlab qo‘yilgan 14,17,18-moddalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Natijada, iste’molchiga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi va sifatsiz chiqqan 15 000 dona g‘isht mahsuloti uchun to‘langan pul mablag‘i qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring