Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6 oylik imtiyozli davr bilan yangi uyga ega bo‘ling!

6 oylik imtiyozli davr bilan yangi uyga ega bo‘ling!

Respublikamizning har bir hududida zamonaviy ko‘rinishda qad ko‘tarayotgan ko‘p qavatli uylar yildan yilga ko‘payib bormoqda. Bu esa fuqarolarimizni uy-joy bilan ta’minlashdagi mavjud muammolariga o‘ziga xos yechim bo‘lmoqda. Chunki yangi xonadon xarid qilish istagida bo‘lgan hamyurtlarimizga Mikrokreditbank tomonidan ham qulay shartlarda ipoteka kreditlari ajratilmoqda.

Bank tomonidan ajratilayotgan ipoteka kreditlari qulay shartlarda bo‘lib, unga ko‘ra fuqarolar o‘zlari istagan hududdan ipoteka olishi mumkin. Bundan tashqari birlamchi bozordan 20 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan boshlang‘ich badal barcha hududlarga bir xil 15 foiz shakllantirgan holda ipoteka krediti ajratilmoqda.

Bank tomonidan ajratilayotgan ipoteka kreditlari qulay shartlarda bo‘lib, unga ko‘ra fuqarolar o‘zlari istagan hududdan ipoteka olishlari mumkin. Bundan tashqari birlamchi bozordan 20 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan boshlang‘ich badal barcha hududlarga bir xil 15 foiz shakllantirgan holda ipoteka krediti ajratilmoqda.

Prezidentimizning 2019 yil 28 noyabrdagi «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni asosida bugunga qadar bank tomonidan 135 mlrd. so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari ajratildi va natijada 650 dan ortiq oila yangi xonadonga ega bo‘ldi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, 2021 yilning 11 mart kuni qabul qilingan «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ipoteka kreditlari ajratishda muhim dasturil amal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ushbu farmondan ko‘zlangan maqsad ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni ijtimoiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joy qurilishi sohasiga keng jalb etish bo‘yicha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan islohotlarning ko‘lamini kengaytirishdan iborat.

Ayni paytda barcha hududlarda daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini va dastlabki besh yil mobaynida foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilmoqda.

Shuningdek, uy-joy oluvchi fuqorolarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya to‘lovlari ajratilishi buyicha bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.

Fuqarolar subsidiya olish uchun arizalarni yil davomida topshirishlari mumkin. Uy-joy olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma ular berilgan sanadan boshlab 12 oy davomida amal qiladi. 

Qulay shartlardagi ipoteka – oila kelajagi uchun puxta o‘ylangan sarmoya hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring