Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

9-may. Parfiya-Rim urushi, «Fantomas» va seminollar, Berlin vaqti bilan — soat 22:43da va boshqa voqealar

9-may. Parfiya-Rim urushi, «Fantomas» va seminollar, Berlin vaqti bilan — soat 22:43da va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Xotira va Qadrlash kuni (O‘zbekiston).
  • G‘alaba kuni (MDH mamlakatlari, Serbiya, Chernogoriya, Isroil)
  • Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba kuni (Ukraina).
  • Yevropa kuni (Yevropa ittifoqi).

Voqea-hodisalar

  • 53-yil (mil. avv.) — Parfiyaliklar Rim lashkarboshisi Krass boshchiligidagi qo‘shinni Karr yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchratdi. Krass jangda halok bo‘ldi.
  • 1502-yil — Xristofor Kolumb Amerika sari to‘rtinchi safariga chiqdi.
  • 1832-yil — Seminol hindularining 15 nafar sardori Floridadagi yerlarini AQSh hukumatiga sotishga va Missisipi daryosining narigi qirg‘og‘iga o‘tib ketishga rozilik bildirdi.
  • 1901-yil — Avstraliya parlamenti Melburnda ilk yig‘ilishini o‘tkazdi.
  • 1911-yil — B.Rozing dunyoda birinchi bo‘lib televizion uzatishni amalga oshirdi.
  • 1913-yil — I.Sikorskiyning «S-10» gidroplani ilk parvozini amalga oshirdi.
  • 1913-yil — Fransiyada mashhur «Fantomas» filmini kinoteatrlarda namoyish etish boshlandi.
  • 1915-yil — Birinchi jahon urushi: Artuadagi ikkinchi jang bo‘lib o‘tdi.
  • 1926-yil — amerikalik uchuvchi Floyd Bennett va qutb tadqiqotchisi Richard Byord samolyotda 15 soat va 30 daqiqa sarflab Shimoliy qutb ustidan birinchi bo‘lib uchib o‘tishdi.
  • 1927-yil — Avstraliya parlamenti yangi poytaxt — Kanberraga ko‘chib o‘tdi.
  • 1936-yil — Mussolini Efiopiya Italiyaga qo‘shib olinganini e’lon qildi.
  • 1941-yil — Yaponiya bosimi ostida Vishi rejimi tinchlik shartnomasiga imzo chekdi, bunga ko‘ra Tailandga Laos to‘liq, Kambodja qisman qo‘shib olindi.
  • 1944-yil — Ikkinchi jahon urushi: 4-Ukraina fronti qo‘shinlari Sevastopolni fashistlardan qaytarib olishdi.
  • 1945-yil — Markaziy Yevropa vaqti bilan 8-may soat 22:43, Moskva vaqti bilan 9-may soat 00:43da Berlinning Karlsxorst tumanida general-feldmarshal Vilhelm Keytel Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lishi to‘g‘risidagi hujjatga qo‘l qo‘ydi.
  • 1955-yil — Germaniya federativ respublikasi NATOga qabul qilindi.
  • 1958-yil — Vasiliy Smislovdan revansh olgan Mixail Botvinnik shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonini o‘ziga qaytardi.
  • 1967-yil — Muhammad Ali WBA qarori bilan og‘ir vaznlilar o‘rtasidagi jahon chemioni unvonidan mahrum bo‘ldi. Bunga uning armiyada xizmat qilishdan bosh tortishi sabab qilib ko‘rsatilgan (Muhammad Ali Vetnamda urush olib borayotgan AQSh hukumatiga noroziligini shu tariqa ifodalagandi.)
  • 1987-yil — Polsha tarixidagi eng yirik aviahalokat yuz berdi: mamlakat havo yo‘llarining «Il-62» samolyoti Varshava yaqinida avariyaga uchradi; 183 kishi nobud bo‘ldi.
  • 2002-yil — Dog‘istonning Kaspiysk shahrida G‘alaba paradi chog‘i terrorchilik xuruji yuz uyushtirildi. Buning oqibatida 43 inson halok bo‘ldi.
  • 2004-yil — Grozniydagi «Dinamo» stadionida ro‘y bergan terakt oqibatida Checheniston prezidenti Ahmad Qodirov halok bo‘ldi.

Tavallud kunlari

  • 1783-yil — Aleksandr Ross, kanadalik tadqiqotchi, Britaniya Kolumbiyasidagi qator shaharlarga asos solgan.
  • 1837-yil — Adam Opel, «Opel» avtokompaniyasi asoschisi.
  • 1849-yil — Vitold Seraskiy, astrononom, astronomiyaga fotografiyani birinchi bo‘lib olib kirganlardan.
  • 1874-yil — Hovard Karter, britan arxeologi, 1922-yili Misrdagi Tutanxamon qabrini aniqlagan.
  • 1896-yil — Richard Dey, Hollivud postanovkachi rassomi, yetti marta «Oskar»ni qo‘lga kiritgan
  • 1945-yil — Yupp Haynkes, taniqli nemis futbol murabbiyi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring