Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Propiska» muammosini bartaraf etamiz — «Adolat» SDP

«Propiska» muammosini bartaraf etamiz — «Adolat» SDP

Foto: «Xabar.uz»

Afsuski, o‘z yurtida o‘zi bemalol ishlay olmaslik, o‘zining puliga o‘zi istagan joydan turar joy sotib ololmaslik kabi holatlar mavjud. Buning oqibatida boshqaning nomiga uy olib aldanib qolganlar soni yetarlicha topiladi.


Ulug‘bek Rasulov,
O‘zbekiston «Adolat» SDP Siyosiy Kengashi Markaziy apparati Tashkiliy-partiyaviy ishlar bo‘limi mudiri:

Sudlar odamlarni sarson qilishiga chek qo‘yiladi

Sudlarning fuqarolarimizni otangga bor, onanga bor qabilida ovora qilish holatlari yetarlicha topiladi. O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi insonlar sarson bo‘lishining oldini olish va sud faoliyati sifatini oshirish maqsadida amaldagi «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunni takomillashtirishni maqsad qilgan.

Bu orqali turli yo‘nalishlarga bo‘lingan sudlarni umumlashtirish zarur. Ya’ni fuqarolik, jinoiy, ma’muriy, iqtisodiy ishlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) sudlarini birlashtirish orqali bitta ma’muriy hududda bitta sud idorasi tashkil etish darkor.

Natijada, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga da’vo ariza topshirish va ishlarni ko‘rish jarayonida fuqarolarni boshqa tumanlarga qatnab yoki toifa bo‘yicha sud idoralarini qidirib sarson bo‘lib yurishiga, yo‘l, mehmonxona kabi xarajatlar uchun moddiy zarar ko‘rishiga barham beriladi.


Alimbay Atabayev,
Qoraqalpog‘iston musulmonlari idorasi huquqshunosi:

Jazoni ijro etish muassasalarida adolat ta’minlanadi

Mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalari ichki ishlar organlari tizimidadir. Bu esa xalqaro huquqning jazo o‘tayotgan shaxslar ta’qib qiluvchi organlar qo‘lida bo‘lmasligi lozim degan normasiga ziddir. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi barcha ijro bilan bog‘liq vakolatlarni va jazoni ijro etish muassasalarini surishtiruv hamda tergov vakolatiga ega bo‘lmagan, xolis organ – adliya idoralari boshqaruviga berishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi. Shunda surishtiruv va tergovdan noroziliklar barham topadi, har qanday noqonuniy xatti-harakatlarning, qiynoq va tayziqlarning oldi olinadi, ijro jarayonida inson huquqlari ta’minlanadi.


Inomjon Kudratov,
Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari:

«Propiska» muammosini bartaraf etamiz

Afsuski, o‘z yurtida o‘zi bemalol ishlay olmaslik, o‘zining puliga o‘zi istagan joydan turar joy sotib ololmaslik kabi holatlar mavjud. Buning oqibatida boshqaning nomiga uy olib aldanib qolganlar soni yetarlicha topiladi.

Bu borada partiya «Propiskadan o‘tish» tizimiga yangicha yondoshish kerak deb hisoblaydi. Jumladan, fuqarolarimizning o‘z xohish-istaklaridan kelib chiqib, doimiy yashash joyini o‘zi belgilash huquqini ta’minlash masalasini ko‘rib chiqish tashabbusini ilgari surmoqda.

O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi vatanimizning har bir fuqarosi mamlakat bo‘ylab erkin harakatlana olishiga qaratilgan Konstitutsiyaviy huquqini to‘liq ta’minlanishi lozim deb hisoblaydi.


Akmal Burxanov, «Yuksalish» umummilliy harakati raisi:

Yagona tergov qo‘mitasini tashkil etamiz

Bugungi kunda dastlabki tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, IIV va DXX tomonidan amalga oshirilmoqda. Dastlabki tergov organlarining tarqoqligi natijasida inson huquqlarining buzilish holatlari yuz berayotganligi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

O‘tgan yili kuzatilgan Kattaqo‘rg‘onlik ayol voqeasi, noyabr oyidagi andijonlik Abdulloh voqeasi kabi holatlar fuqarolarimizda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ayniqsa tergov jarayonlariga ishonchsizlik bilan qarashiga olib kelmoqda.

Shu boisdan O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi adolatni aynan adolatni ta’minlovchi idoralardan boshlash kerak degan tamoyilni ilgari surmoqda. Zero ularda adolatni ta’minlamasdan turib, aholini mamlakatimizda qonun ustuvorligiga ishonchini tiklab bo‘lmaydi.

Ushbu holatni bartaraf qilish, dastlabki tergov ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida, mamlakatda yagona tergov organi – Tergov qo‘mitasini tashkil etish tashabbusini ilgari suramiz.

Kuch adolatli – adolat esa kuchli bo‘lmog‘i lozim g‘oyasini ilgari surayotgan O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz bering.

Batafsil ma’lumotni saytimizdan olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring