Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon shahrining ba’zi hududlarida uzilgan gaz qachon qayta berilishi ma’lum qilindi

Andijon shahrining ba’zi hududlarida uzilgan gaz qachon qayta berilishi ma’lum qilindi

2020 yil 7 aprel kuni olovli ishlar olib borilishi va ta’mirlash ishlari sababli Andijon shahrining bir qator hududlari gazdan uziladi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

«Hududgaz Andijon» MChJning «Andijon-1» gaz tarqatish shahobchasi 1-tarmog‘idagi gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra, Andijon shahrining «Forobiy», «O‘zbekiston 21 yilligi», «Ittifoq», «Cho‘lpon 100 yilligi», «Ozodlik», «Uyg‘urobod», «Bobur», «Birlik» hamda «Dehqonobod» MFYlar o‘ramidagi aholi xonadonlari va ulgurji iste’molchilar uchun 2020 yil 7 aprel kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

«Hududgaz Andijon» MChJ ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli, yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi, deya xabar beradi «Hududgaz Andijon» MChJ matbuot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring