Andijon va Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan Andijon viloyati va Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga qarshi qaratilgan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Andijon viloyatining Izboskan tumanida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro M.A. 2 dona «Tropikamid» va 1 dona «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 1 million so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.
Tadbirning davomida mazkur dori vositalarini yetkazib berganlikda gumon qilingan, muqaddam sudlangan fuqaro Yu.M.ning xonadoni ko‘zdan kechirildi. U yerdan 22 dona «Tropikamid» va 37 dona «Regapen» dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shunga o‘xshash holat Toshkent shahrining Bektemir tumanida ham qayd etildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda shubha ostidagi fuqaro B.A. tekshiruvdan o‘tkazilganda, uning yonida 92 dona «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan dori vositalari belgilangan tartibda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter