Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda maktab o‘quvchilari ustki kiyimsiz sovuqqa olib chiqildi

Andijonda maktab o‘quvchilari ustki kiyimsiz sovuqqa olib chiqildi

Foto: Otabek/Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda qahraton sovuq bo‘lishiga qaramay, 43-sonli maktab o‘quvchilari tadbir uchun tashqariga olib chiqilgani keng bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Bu voqeaga Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili Aliya Yunusova munosabat bildirdi.

— Sovuq havoda bolalarning yengil kiyimda ko‘chada turishiga yo‘l qo‘ygan maktab direktorining xatti-harakatini umuman oqlab bo‘lmaydi, — deydi A.Yunusova. — Kim kelishidan qat’i nazar, bolalar mehmonni kutishga bu yo‘sinda majburlanmasligi kerak. Kim buning tashabbuskori bo‘lsa, javobgarlikka tortilishi shart. Ushbu voqea tegishli davlat idoralarida muhokama qilinmoqda, deb umid qilaman. Tez orada biz Xalq ta’limi vazirligining izohini eshitamiz. Bola huquqlari bo‘yicha vakil sifatida men Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatovning e’tiborini bolalarni jalb qilgan holda tadbirlarni o‘tkazishda bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmasligiga qarataman.

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati joriy yilning 22-noyabr kuni Andijon shahar 43-umumta’lim maktabidagi tadbirdagi holat haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib holat o‘rganilayotgani, o‘rganish yakunlari bo‘yicha rasmiy munosabat berilishini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring