AQShdan yana 72 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
11-mart kuni AQShdan O‘zbekistonga maxsus reys orqali 72 nafar O‘zbekiston fuqarosi qaytarildi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur shaxslar AQSh hududida qonuniy yashash huquqiga ega bo‘lmagani sabab deportatsiya qilingan.
Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, bu reys AQSh tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi olib borilayotgan choralar doirasida amalga oshirilgan navbatdagi tadbir hisoblanadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishganidan buyon mamlakatdan 1000 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilingani aytilmoqda.
Bayonotda ta’kidlanishicha, AQShga noqonuniy kirgan shaxslar qamoq jazosi va deportatsiyaga duch kelishi mumkin. Shuningdek, AQSh hukumati deportatsiya jarayonlarini amalga oshirishda hamkorlik qilgani uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter