Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollar uchun xavfsiz davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi. O‘zbekiston nechinchi o‘rinda?

Ayollar uchun xavfsiz davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi. O‘zbekiston nechinchi o‘rinda?

Foto:«Xabar.uz»

«National Geographic» jurnali ayollar uchun  xavf-xatarlardan ehtimoli kam bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Umumiy ro‘yxatga 167 ta davlat kiritilgan. Norvegiya ayollar uchun eng xavfsiz davlat deb topildi. Shveysariya ikinchi pog‘onaga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni Daniya va Finlyandiya davlatlari egalladi.

O‘zbekiston 89-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida Qozog‘istondan (43-o‘rin) keyin ikkinchi bo‘lishdi.

Ro‘yxatni mos ravishda Suriya, Afg‘oniston hamda Yaman davlatlari yakunlashgan.

Reytingni tuzishda ayollarning tinch va faol yashashlari uchun uch asosiy ko‘rsatkich asos bo‘lib xizmat qildi. Bular- xavfsizlik, adolat, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi ishtirokdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring