Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi

Ayollarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi

Foto: «Pixabay»

13 iyun Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi va Fransiyaning texnik hamkorlik va rivojlanish agentligi (AKTED) O‘zbekistonda huquqlarni himoya qilish va ularning mehnat faoliyatini kengaytirish orqali ayollarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha loyihani boshladi. Loyiha Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda inson huquqlari, gender tenglik va samarali boshqaruvni targ‘ib qilishda ayollar rolini kuchaytirish maqsadida, loyiha huquqiy imkoniyatlarni kengaytirish hamda ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish orqali fuqarolik jamiyati salohiyatini mustahkamlashga va ular huquqlarining buzilishini oldini olishga qaratiladi.

«2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»ga muvofiq ravishda loyiha ish o‘rinlari tashkil etish va qishloq joylarda ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Loyiha 2018 yilning yanvarida ishga tushirildi hamda 2019 yil 31 dekabrga qadar davom etadi. Loyiha Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida amalga oshiriladi.
Ushbu loyihaning hamkor tashkilotlari: «Oydin Nur» oilani ijtimoiy muhofaza qilish markazi, «Rahmdillik» NNT Jamiyati, «Mehr Ko‘zda» NNT markazi.
Loyihaning asosiy maqsad guruhlari joylardagi xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘limlari, NNT lar, qishloq joylarda yashayotgan yordamga muxtoj ayollar, shuningdek, mahalliy va davlat hokimiyati.

Loyihaning benefitsiarlari taxminan 1 082 000 nafar ayolni o‘zida mujassam etgan joylardagi aholining ayollar qatlami tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida Gender tenglik bo‘yicha Milliy platforma (GTMP) yaratilib, u o‘z navbatida xotin-qizlar huquqlari buzilishining oldini olish bo‘yicha xabardorlikni oshirishga, shuningdek, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha gender siyosati va harakatlar rejasini ishlab chiqishda ayollar fuqarolik jamiyati tashkilotlarining hissa qo‘shishiga qo‘mak beradi:

  • Gender tenglik bo‘yicha Milliy platformani yaratish va ishga tushirish
  • Joylardagi Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda mahalla darajasida gender tenglikni baholash
  • Qaror qabul qiladigan mahalliy va davlat hokimiyati vakillari axborot-tashviqot uchrashuvlarini o‘tkazish
  • Ayollar huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun gender qarashlarga qarshi maktablardagi o‘g‘il va qizlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari nazarda tutilgan tushuncha kampaniyasini tashkil etish.

Maqsadli hududlardagi qiyin hayotiy sharoitga tushib qolgan yordamga muxtoj ayollar quyidagi tadbirlar doirasida fuqarolik jamiyati tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi:

  • Qiyin hayot sharoitida ayollar uchun vaqtinchalik boshpana berish;
  • Yordam muxtoj ayollarga huquqiy, psixologik, tibbiy maslahatlar berish;
  • Gender siyosati va harakatlar rejasini ishlab chiqishda 15 ta fuqarolik jamiyati tashkilotlariga loyihalarni boshqarish/mablag‘ jalb qilishni o‘rgatish.

Loyiha doirasida NNT lar qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etishadi hamda ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik xavfi bo‘lgan ayollar huquqlari buzilishini oldini olish uchun, qayta integratsiya va profilaktika dasturiga jalb qilinadi.
Shuningdek, loyiha faoliyatiga quyidagilar kiradi:

  • iqtisodiy imkoniyatlar bilan psixologik, huquqiy va kasbiy tayyorgarlikni ta’minlaydigan qayta integratsiya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • reproduktiv salomatlik, oilalarda nizolarni boshqarish, oilani rejalashtirish masalalarida mahalliy jamoatchilik darajasida qishloq ayollarining xabardorligini oshirish;
  • Yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida, yordamga muxtoj qishloq ayollari uchun kichik grantlar tanlovini tashkil etish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring