Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayrim jarimalar oshirildi

Ayrim jarimalar oshirildi

Foto: Xabar.uz

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-653-son, 03.12.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining bir nechta Kodeksi, Qonun hamda Hukumat qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan:

  • Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga olib kelish jinoyati uchun javobgarlikning jarima miqdori oshirildi;
  • Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki o‘zlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmagan mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Bundan tashqari, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kkanlik uchun endilikda ma’muriy javobgarlik:

  • fuqarolarga – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha (223 ming so‘mdan 669 ming so‘mgacha);
  • mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (2 mln 230 ming so‘mdan 4 mln 460 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (ilgari bu miqdor fuqarolarga 111 500 so‘mdan 669 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 669 ming so‘mdan 1 mln 115 ming so‘mgacha edi).

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring