Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayram oqshomida keksalar, bolalar qanday ovqatlanishi kerak? Shifokor tavsiyasi

Bayram oqshomida keksalar, bolalar qanday ovqatlanishi kerak? Shifokor tavsiyasi

Bayram oqshomida keksalar, bolalar qanday ovqatlanishi kerak? Homiladorlarchi?  Aholining sog‘lom turmush tarzini qullab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova SSV matbuot xizmati bilan suhbatda qator maslahatlar berib o‘tdi.

— Keksalar bayram dasturxoni atrofida o‘tirganda hazmni yaxshilash uchun oldin suyuq ovqat ichganlari ma’qul. Shundan so‘ng, boshqa taomlardan oz-ozdan yeyishlari mumkin. Oshqozonda biroz og‘irlik sezilsa, dori ichishga shoshilmasliklari, balki anor sharbati yoki anorni o‘zini iste’mol qilganlari ma’qul. Yangi ivitilgan qatiq, qirg‘ichdan o‘tkazilgan turp hazmga yordam beradi.

Bundan tashqari, xuddi shunday xususiyatga ega bo‘lgan shifobaxsh o‘tlardan damlamalar ichish mumkin. Bordiyu, keksalarda va bolalarda bayram taomlari iste’molidan keyin og‘riq paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Bolalarga gazlangan ichimliklarni imkon qadar bermaslik lozim. Ayniqsa, allergiyaga moyil bo‘lgan kichkintoylarga faqat tabiiy sharbatlarni ichirgan ma’qul.

Shuningdek, homilador ayollarda ko‘pincha yog‘li yoki qattiq qovurilgan kuchli ovqatdan so‘ng jig‘ildon qaynashi kuzatiladi. Ularga maslahat shuki, termosga damlangan makkajo‘xori popugi yoki moychechak damlamasi ovqat hazmida ko‘makchi bo‘ladi. Hazmni yaxshilash uchun ovqatdan keyin bir choy qoshiq olma sirkasi aralashtirilgan yarim stakan iliq suv (agar suyuqlik nordon bo‘lsa, ozgina asal qo‘shib) yoki choy o‘rniga yalpizning quritilganini damlab ichish yaxshi natija beradi.

Tavsiyalarni bajarishda individullikni hisobga olgan holda, albatta shifokor maslahatini olish lozim.

Ziyofatdan so‘ng, ko‘pchilikda me’da-ichak muammmolari bo‘ladi. Ya’ni oshqozon kislotasi ortishi yoki kamayishi holatlari kuzatiladi.

Agar kuchli kislotali xususiyatga ega mahsulotlar ko‘proq iste’mol qilinsa, oshqozon-ichak tizimi faoliyati yomonlashadi va qon reaksiyasi kislotali tomonga og‘ib, yurak urishi tezlashadi, harorat ko‘tariladi, buyraklar ishi me’yoridan jadallashadi, odam bezovta bo‘ladi.

Ishqoriy xususiyatga ega mahsulotlar yeyilganda hazm a’zolari ishi yengillashadi, qon reaksiyasi me’yorga tushib, kishi o‘zini yaxshi sezadi. Demak, tanadagi kislotali-ishqorli muhitning me’yoriy bo‘lib turishi uchun ko‘proq tabiiy mahsulotlar (sabzavotlar, poliz mahsulotlari, mevalar va ko‘katlar) dan yeb turishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring