Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir guruh onkologiya xodimlarining prezidentga murojaati yuzasidan Bosh prokuratura munosabati

Bir guruh onkologiya xodimlarining prezidentga murojaati yuzasidan Bosh prokuratura munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shifokorlarning korrupsion holatlar bo‘yicha prezidentga murojaati turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy Markazi Toshkent shahar filialining bir guruh xodimlari muassasada yuz berayotgan salbiy holatlarga qonuniy baho berishni so‘rab qilgan murojaati ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Aniqlanishicha, 2021-yil 2-fevral kuni Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy Markazi Toshkent shahar filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring