Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMTning Afg‘onistonga yuborgan ilk yordami O‘zbekistonga keltirildi

BMTning Afg‘onistonga yuborgan ilk yordami O‘zbekistonga keltirildi

Foto: twitter.com/UNHCR_Cent_Asia

15 oktyabr kuni qochoqlar masalasi bo‘yicha BMT boshqarmasining Afg‘onistonga yuborilgan gumanitar yordamning birinchi borti O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda BMTning Twitter sahifasida xabar qilindi.

BMT Qochqinlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi tomonidan yuborilgan yuklar Mozori-Sharifga yuk mashinalarida yetkaziladi. Birinchi yukning hajmi 32 tonnani tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMTning ning Qochoqlar bo‘yicha Oliy Komissarligi Afg‘onistonga yuklarni jo‘natish uchun O‘zbekistonga gumanitar yordam bilan uchta samolyot yuborishini ma’lum qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring