Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xususiy bandlik agentligi xodimi 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Xususiy bandlik agentligi xodimi 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan  tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda «R.W.» xususiy bandlik agentligi xodimi N.S. fuqaro U.J.ning 4 nafar tanishlarini o‘zining yuqori turuvchi tashkilotlardagi tanishlari orqali Yaponiya davlatiga ishga yuborish uchun imtihonlardan o‘tkazganligini vaj qilib, har bir fuqaro uchun 5.000 AQSh dollaridan jami 20.000 AQSh dollari berishini talab qilgan. So‘ng o‘sha vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring