Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura «Xabar.uz» da chiqqan maqolaga tezkor munosabat bildirdi

Bosh prokuratura «Xabar.uz» da chiqqan maqolaga tezkor munosabat bildirdi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun saytimizda «Toshkentda MIB xodimi yarim mlrd. so‘mni «yeb yuborgan» ekan...» nomli material berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan bayonot berdi.

2019-yil yanvar oyida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati tashabbusi bilan Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tizimida tekshirish o‘tkazilgan.

Tekshirishda, MIBning Toshkent shahar boshqarmasi moliya-xo‘jalik bo‘limi Depozit hisob varaqalari bilan ishlash guruhi Bektemir tumani bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Mansur Urazov 2017-yildan 2019-yil fevral oyiga qadar depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan, jami 586,4 mln. so‘m pul mablag‘larini talon-taroj qilib, o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 12-fevral kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilib, ish ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

Ish hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi Mansur Urazov 2017-yilning yanvar oyidan 2019-yil fevral oyiga qadar jami 47 ta holatda sud ijro varaqalari asosida kelib tushgan pul mablag‘larini o‘ziga biriktirilgan va javobgarligida bo‘lgan elektron kalit yordamida ATB «Infin bank» Sergeli filiali va ATIB «Ipoteka bank» Yashnobod filialining «Ye-bank» tizimiga ulanib, elektron to‘lov topshiriqnomalariga sud ijro hujjatlari asosida soxta ma’lumotlar kiritish yo‘li bilan turli fuqarolarning nomiga rasmiylashtirilgan bank plastik kartalari hisobiga o‘tkazib, ijro ishlari bo‘yicha qarzdorlar tomonidan to‘langan 596.782.195 so‘m pullarni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon toroj qilgan.

Bektemir tumani sudining 05.07.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, M.Urazov JKning 167-moddasi 3-qismi «a,g» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilingan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan, deyiladi xabarda.

Jinoyat oqibatida yetkazilgan 596.782.195 so‘m moddiy zarar to‘liq qoplangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring