Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuraturaning yana bir boshqarma boshlig‘i o‘zgardi

Bosh prokuraturaning yana bir boshqarma boshlig‘i o‘zgardi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 27 iyundagi buyrug‘iga asosan Anvarov Ulug‘bek Anvarovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

U.Anvarov 1973 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1996 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1999 yilda Yakkasaroy tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2009 yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma katta tergovchisi, Chilonzor tuman prokurori, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval Bosh prokuraturaning uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring