Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokurorning kayfiyati chakkimas...

Bosh prokurorning kayfiyati chakkimas...

Foto: «Xabar.uz»

Bugun Bosh prokuraturada «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan mo‘’jaz tadbir bo‘lib o‘tdi.

Hamma jam bo‘lgach, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev kirib keldi. Kayfiyati chakkimas. Buyog‘i bayram, qolaversa, ayni sana munosabati bilan qo‘l ostidagi xodimi mamlakat rahbarining e’tirofiga savozor bo‘ldi. Bundan tashqari prokuraturaning tarkibiy tarmog‘i hisoblangan harbiy prokuraturada amalga oshirilayotgan ishlar ham kayfiyatga ijobiy ta’sir o‘tkazgan ko‘rinadi.

Shundanmi, bayram bilan barcha ishtirokchini tabriklar ekan, Qurolli Kuchlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalab o‘tdi.

Ya’niki, o‘tgan yilda Harbiy prokuratura organlari tomonidan mingdan ortiq prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilib, 9.027 nafar fuqaroning huquqlari tiklandi, 258 ta noqonuniy hujjatlar prokurorlarning protestlari asosida qonunga muvofiqlashtirilgan. Tekshirishlar va jinoyat ishlari tergovi davomida 80 mlrd. so‘mdan ortiq zararning qoplanishi ta’minlangan.

Demak, ishlar yomonmas, shu bois alohida ta’kid etildiki, yutuqlar o‘zimizniki, uni birov tortib  olmaydi, bor e’tiborni zimmaga yuklatilgan vazifalarni yanada sifatli ado etishga qarataverish kerak. Zotan, mashaqqatli mehnatlar doim o‘z e’tirofini topgan. Mana, Harbiy prokuratura bo‘lim boshlig‘i Shuhrat Sanayev. U mamlakat rahbari — Oliy Bosh Qo‘mondonning farmoni bilan «Shuhrat» medaliga munosib ko‘rildi.

Shundan so‘ng mukofot  o‘z egasiga tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, tadbirda Qurolli Kuchlarda qonun ustuvorligini ta’minlashda alohida namuna ko‘rsatgan, xizmat vazifalarini sidqidildan bajargan bir guruh harbiy prokuratura xodimlari rag‘batlantirildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring