Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokurorning yangi yil sovg‘alari tarqatildi

Bosh prokurorning yangi yil sovg‘alari tarqatildi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bosh prokuratura hamda uning kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent viloyatidagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalar uchun bayram tadbiri tashkillashtirildi.

Tadbir davomida Bo‘ka tumanidagi 15-Mehribonlik uyi va O‘rta Chirchiq tumanidagi 124-maktab-internati tarbiyalanuvchilari hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan jami 165 nafar bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yangi yil sovg‘alari topshirildi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bundan tashqari, tadbirni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun «Qorbobo va qor qiz»ning qiziqarli chiqishlari namoyish etildi.

«Kelgusida bolalarni ma’naviy va axloqiy sog‘lom ruhda tarbiyalash, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, ularning kelajakda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishida ko‘maklashadigan to‘liq va munosib sharoitlarda kamol topishlariga qaratilgan bunday tadbirlarni ko‘plab o‘tkazilishi rejalashtirilgan», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring