Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir rahbarligida Milliy suv kengashi tashkil etiladi

Bosh vazir rahbarligida Milliy suv kengashi tashkil etiladi

Mamlakatimizning 2020-2035-yillarda yagona suv balansini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlanishi kutilmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Strategiya loyihasiga ko‘ra, kadrlar tayyorlash, suv ta’minoti, suv chiqarish korxonalari xodimlarining malakasini oshirish, jumladan O‘zbekiston «Suv akademiyasi»ni tashkil etish va suv ta’minoti, suv chiqarish, suv va suv xo‘jaligi balansini ta’minlash tarmoqlari uchun zarur mutaxassisliklar ro‘yxati belgilanadi.

Shuningdek, suv ta’minoti va suv ishlab chiqarilishi korxonalari xodimlari uchun korporativ pensiya jamg‘armasi hamda Toshkent va Samarqandda «Suv muzeyi»ni tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi huzurida suv siyosati, suv bilan bog‘liq qonunchilik qarorlarini belgilash va suv resurslarini boshqarishda vazirlik va idoralar tomonidan muvofiqlashtiruvchi davlat organi sifatida Bosh vazir rahbarligida Milliy suv kengashi faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, 2035-yilga qadar mamlakatda kanalizatsiya bilan ta’minlanganlik darajasini 90 foizgacha, sifatli ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasini 100 foizgacha yetkazish va 60 foiz tarmoqlarni oqava suvni zamonaviy tozalash texnologiyalaridan foydalanishga o‘tkazish belgilangan.

Qaror loyihasi muhokamasi joriy oyning 28-sanasigacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring