Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boyovut tumaniga ayol hokim tayinlandi

Boyovut tumaniga ayol hokim tayinlandi

Sirdaryo viloyati, Boyovut tumaniga Dilfuza O‘rolova hokim etib tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rasman xabar berib o‘tdi.

«Tuman Kengashining sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Unda Deputat Mamadaminov Ulmasjon Yarmaxammatovich boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan Boyovut tumani hokimi lavozimidan ozod etildi va o‘rniga Uralova Dilfuza Boyovut tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini bir ovozdan tasdiqladilar», — deyiladi xabarda.

Shu tariqa Dilfuza O‘rolova ayni vaqtda O‘zbekistonda hokimlik lavozimiga tayinlangan yagona ayol mutasaddi bo‘ldi.

D.O‘rolova 2012 yilda - «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi hisoblanadi.

D.O‘rolova 1985-1990 yillar mobaynida - Guliston davlat universiteti talabasi, 1990-2001 yillar - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi, 2001-2010 yillar - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, direktori bo‘lgan.

2010-2015 yillar mobaynida - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

2015-2017 yillar mobaynida - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.

2017 yildan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Oilali, 4 nafar farzandi bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring