Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bozorlarda yog‘ uchun turnaqator navbatlar»ga izoh berildi

«Bozorlarda yog‘ uchun turnaqator navbatlar»ga izoh berildi

Foto: davletovuz

Ijtimoiy tarmoqlarda «Bozorlarda yog‘ uchun yana turnaqator navbatlar paydo bo‘lmoqda» deb nomlangan xabarlar tarqalgan edi.

Xususan, joriy yilning mart-aprel oylarida kungaboqar va paxta yog‘lari narxlari keskin oshganligi qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Qayd etilishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda o‘simlik yog‘i mahsulotlari narxlari o‘zgarishi tahlil qilib borilmoqda.

Sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq respublika bo‘yicha yiliga 300 ming tonnadan ortiq o‘simlik yog‘i talab etiladi.

2020 yilda aholi iste’moli uchun 450 ming tonnadan ziyod o‘simlik yog‘i muomalaga chiqarilgan bo‘lib, shundan yarmidan ortiqrog‘i import qilingan.

Ichki bozorlarda narxlar keskin o‘sishiga birinchi navbatda tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham ta’sir etdi.

O‘z navbatida, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog‘i va urug‘i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog‘i narxlariga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif yetarli darajada ekanligi ham ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagilarga asosan, ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida barcha mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko‘rayotganligi ma’lum qilinadi, deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring