Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun bir qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin — «O‘zgidromet»

Bugun bir qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin — «O‘zgidromet»

Foto:«Xabar.uz»

Bugun, 11-mayda kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida, ertalab Jizzax, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-27° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring