Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun kunduzi O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

Bugun kunduzi O‘zbekistonda qanday  ob-havo kutilmoqda?

Foto:«Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 28-33° atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 29-31° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring