Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida yig‘ilish o‘tkaziladi

Bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida yig‘ilish o‘tkaziladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish boshlanadi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda tarmoqda mavjud imkoniyatlarni ishga solish, jumladan, chorva terisini chuqur qayta ishlashni kengaytirish va tarmoq eksportini oshirish, tayyor charm va poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish va charm-poyabzal kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, ishlab chiqaruvchilarni kreditlash va tarmoq uchun kadrlar tayyorlashni yaxshilash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring