Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

 «Bugun ularning uyida bo‘ldik» – Komil Allamjonov xayriya iftorlari haqida

 «Bugun ularning uyida bo‘ldik» – Komil Allamjonov xayriya iftorlari haqida

Bizning Fond Milliy TV bilan hamkorlikda Ramazon oyi munosabati bilan «Ramazon diydor» loyihasini ishga tushirmoqda. Ushbu loyiha doirasida xayriya iftorlari tashkil etiladi, deb yozadi Komil Allamjonov.

«Bugungi iftor «O‘zbekiston» nashriyoti xodimlari yashaydigan 17B-sonli uy aholisi uchun o‘tkazildi.

Bu odamlar bilan mening juda ko‘p quvonchli onlarim bog‘langan.

2019 yilda AOKAga rahbarlikka tayinlanganimizda, Prezident tomonidan qo‘yilgan aholi turmush darajasini oshirish vazifasi doirasida 50ta xonadoni yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan, uyga muhtoj xodimlarimiz nomiga bepul o‘tkazib bergan edik.

Bugun ularning uylarida bo‘ldik, samimiy, sodda va mehnatkash odamlarimizni ko‘rib, odam yanada xursand bo‘ldi.

Alloh doim omadingizni bersin, hurmatli mehnatkash qadrdonlarim. Doim sog‘ bo‘ling!» – qayd etadi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring