Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oktyabr oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi aytildi

Oktyabr oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi aytildi

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan oktyabr oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘lishi  mumkinligi bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Ushbu yilning oktyabr oyi keskin sovuqdan boshlandi. Hududimizga Rossiyaning Yevropa hududining Markaziy qismidan kelgan sovuq havo massasi havo haroratini birdaniga 10-12° ga pasaytirdi. Kechalari termometr ustuni 3-6° gacha pasaydi, Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududlarida yesa birinchi kuzgi sovuq kuzatildi. Kunduz kungi harorat 15-18° dan oshmadi.

Shu haftaning oxirigacha Rossiyaning Yevropa qismi ustida joylashgan keng ko‘lamli sovuq antitsiklonning janubiy chekkasi ta’siri saqlanib turadi. O‘zbekistonda past harorat fonida harorat biroz o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Bulutli va yog‘ingarchilikli ob-havoda kunduz kunlari harorat 13-16° gacha pasayadi, havo ochiq bo‘lganda yesa 19-22° gacha ko‘tariladi. Kechalari harorat 5-10° iliq atrofida bo‘ladi. Birinchi o‘n kunlikning oxirigacha o‘rtacha havo harorati ushbu davr uchun me’yoriy qiymatlardan 2-4° ga past bo‘ladi.

5-oktyabrda O‘zbekistonning shimolida, 6 va 8-9-oktyabrda respublikaning markaziy hududlarida va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 6-9-oktyabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda jadalligi kuchli bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoldan holi emas.

So‘ng, oktabr oyining oxirigacha harorat o‘zgarib turishi kutilmoqda – eng issiq kunlarda harorat 22-27° iliqqacha ko‘tariladi, eng sovuq kunlarda harorat 13-18° gacha pasayadi. Kechalari harorat 5-10° iliqdan 0-5° iliqgacha o‘zgarib turadi. Uchinchi o‘n kunlikda ba’zi joylarda 1° sovuqqacha bo‘lishi mumkin. Umuman oktyabr oyi harorat tartibi bo‘yicha me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5° ga past bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring