Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 156 million so‘mdan ortiq aviachipta puli mijozlarga qaytarildi

Buxoroda 156 million so‘mdan ortiq aviachipta puli mijozlarga qaytarildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi iste’molchilar foydasiga 156 million so‘mdan ortiq aviachiptalar pulini undirib berdi.

Koronavirus sabab 2020-yilning 16-martidan barcha yo‘nalishdagi aviaqatnovlar vaqtinchalik cheklangan edi. Parvozlar qoldirilishi oqibatida yo‘lovchilar to‘lagan mablag‘larini qaytarib berishlarini so‘rab o‘zlari aviachipta xarid qilgan shoxobchalarga murojaat qila boshlagan. Ammo ko‘p hollarda iste’molchilarning murojaatlariga asossiz bahonalar keltirilib, qator tushunmovchiliklar yuzaga kela boshladi. 

Federatsiyaning Buxoro viloyat hududiy birlashmasiga o‘tgan yil davomida aviachiptalar bilan bog‘liq, yozma va og‘zaki shaklda 92 nafar murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlar ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilarga 156.019.581 so‘m qaytarib olib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring