Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda bemorlarni infarktdan qutqaradigan tibbiy mahsulotlar ishlab chiqariladi

Buxoroda bemorlarni infarktdan qutqaradigan tibbiy mahsulotlar ishlab chiqariladi

Foto: «verywellhealth.com»

12-noyabr kuni Buxoro shahrida «TIBTEXNIKA» MChJ O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Foto: «Uzpharmagency»

Mazkur loyiha «2019-2020-yillarda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturi»da belgilangan farmatsevtika yo‘nalishida yangi loyiha tashabbuskorlarini aniqlash, o‘z mablag‘i, bank krediti va xorijiy investitsiya hisobidan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chet el investorlarini jalb qilish vazifalarini ijro etish maqsadida amalga oshirildi.

Eslatish joiz, Prezidentimizning 2018-yil 29-30-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida ushbu loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Korxona 2019-yilning 4-choragida ishga tushirilishi ma’lum qilingan. Loyihani amalga oshirish maqsadida, Janubiy Koreyaning «Noanix» korporatsiyasi, «KANG-PARK MEDIKAL» kompaniyasi, «CVBIO» kompaniyasi, «RENO MEDIKAL» kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi ishga tushgan korxonada 84 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, yiliga 10-15 million AQSh dollari miqdorida import o‘rnini bosuvchi tibbiy mahsulotlar, jumladan, koronar stent, koronar ballon, koronar o‘tkazgich, diagnostik kateter, introdyuser, diagnostik o‘tkazgichlar ishlab chiqariladi. O‘rta Osiyoda bu turdagi mahsulotlarning yagona ishlab chiqaruvchisi sifatida mahsulotning 30 foizini eksportga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring