Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda yana uch egizak tug‘ildi: Shavkat, Mirziyo va Saida

Buxoroda yana uch egizak tug‘ildi: Shavkat, Mirziyo va Saida

Buxoro shahrida Mirali Ramazonov hamda Hafiza Davronovaning oilasida uch egizak dunyoga keldi. Ularga Shavkat, Mirziyo va Saida ismlari qo‘yildi. 

Buxoro viloyat Perinatal markazida tug‘ilgan G‘aniyev Shavkat Mirali o‘g‘li 2200 gramm, G‘aniyev Mirziyo Mirali o‘g‘li 2100 gramm hamda G‘aniyeva Saida Mirali qizi 1900 gramm vaznga ega. Uch egizak va onaning ahvoli yaxshi.

Ota-onaning egizaklardan tashqari, Jondor tumani Chandir qishlog‘ida 2015-yilda tug‘ilgan 4 yoshli  Shohruh ismli o‘g‘li ham bor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Buxoroda uch oilada uch egiz tug‘ilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring