Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chegarada o‘zbekistonlik harbiylar va qirg‘izistonlik cho‘ponlar o‘rtasida mushtlashuv bo‘ldi

Chegarada o‘zbekistonlik harbiylar va qirg‘izistonlik cho‘ponlar o‘rtasida mushtlashuv bo‘ldi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida harbiylarimiz va qirg‘izistonlik cho‘ponlar o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmati tomonidan xabar berib o‘tilgan.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston chegarachilari janjalni to‘xtatish uchun osmonga o‘q uzishga majbur bo‘lgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q.

«O‘q uzilishi natijasida jabrlanganlar yo‘q. Ayni vaqtda har ikki mamlakat chegara xizmatlari vakillari uchrashib, bo‘lib o‘tgan hodisani muhokama qilmoqda», — deyiladi xabarda.

Janjal kelib chiqishiga sabab sifatida Qirg‘iziston fuqarolari o‘z chorvasini qidirib, chegara hududiga o‘tib ketgan. O‘zbekiston chegarachilari ularni to‘xtatgan vaqtda avval dahanaki janjal kelib chiqqan. Janjal kuchayib, mushtlashuvga qadar yetib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring