Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Cheklashga juda ustamiz, buni judayam zo‘r uddalaganmiz» — Ruslan Davletov

«Cheklashga juda ustamiz, buni judayam zo‘r uddalaganmiz» — Ruslan Davletov

Foto: Videolavhadan skrinshot

Xalqaro press-klubda «Konstitutsiya va qonunchilikda so‘z hamda matbuot erkinligi. O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari» mavzuidagi davra suhbati bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning aytishicha, yashash huquqidan boshqa huquqlarda ayrim chegaralar bo‘lishi kerak. Lekin bu chegara demokratik jamiyatda kerak bo‘ladigan taomilda oqilona bo‘lishi lozim.

«Huquq bor joyda chegara ham bo‘lishi kerak, faqat yashash huquqida chegara bo‘lmaydi, chunki u eng oliy ne’mat. Boshqa huquqlarda ayrim chegaralar bo‘lishi lozim. Bu dunyo bo‘yicha tan olingan standart. Bugungi O‘zbekiston sharoitida cheklovlar haqida kamroq gapirishimiz kerak deb o‘ylayman, chunki cheklashga juda ustamiz, shu paytgacha buni judayam zo‘r uddalaganmiz», — dedi vazir.

Ruslanbek Davletov u yoki bu ommaviy axborot vositasi qonunchilik nuqtai nazaridan standartlarga rioya qilmagan bo‘lsa, sudga berilishi lozimligini aytib o‘tdi.

«Bizda sudga beribdi deyilsa, juda katta voqelikka aylanib ketayapti. Aslida biz bunga ko‘nikishimiz kerak, bu normal jarayon», — qayd etdi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring