Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyaga 4,2 million so‘mga chipta olish mumkinmi? «Uzbekistan Airways» saytida yaqin uch oyga chipta yo‘q

Rossiyaga 4,2 million so‘mga chipta olish mumkinmi? «Uzbekistan Airways» saytida yaqin uch oyga chipta yo‘q

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent - Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar tiklangani haqida xabar berilgan edi.

«Uzbekistan Airways» Toshkent va Moskva o‘rtasidagi reys uchun chipta narxi 4,2 million so‘mdan oshmasligini ma’lum qildi va mijozlardan chiptalarni tezlashtirib xarid qilish xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga murojaat etmasdan chiptalarni kompaniya sayti orqali xarid qilishni tavsiya etdi.

Bankiroff kanalining yozishicha, aviakompaniya sayti orqali chipta xarid qilishga urinib ko‘rilsa, aprel oyiga ham, mayga ham chipta yo‘qligiga guvoh bo‘lish mumkin.

Ayni daqiqalarda chipta sotib olish mumkin bo‘lgan eng yaqin sana 12-iyunda! Va taklif etilayotgan mavjud chipta narxi 10 375 378 so‘m.

Ekonom klassidagi chipta olish mumkin bo‘lgan eng yaqin sana — 3-iyul.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring