Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq, Angren, Bekobod va boshqa hududlarda elektr rejali o‘chiriladi

Chirchiq, Angren, Bekobod va boshqa hududlarda elektr rejali o‘chiriladi

Toshkent viloyatining 8 ta ma’muriy hududida aholiga elektr energiyasi yetkazib berishga cheklovlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Havo haroratining keskin pasayib ketishi natijasida, so‘nggi kunlarda energiya iste’moli hajmi oshdi. Shu bois, energotizimda quvvat va yoqilg‘i tanqisligi yuzaga kelgan.

Vaziyatdan kelib chiqib «Milliy elektr tarmoqlari» AJ dispetcherlari tomonidan energotizim yahlitligini saqlab qolish maqsadida, nomuayyan muddatga maxsus grafik asosida, cheklov joriy etilmoqda.

Mazkur reja-grafikka asosan, viloyatimizning Angren, Bekobod, Yangiyo‘l, Chirchiq shaharlari va Bekobod, Parkent, Chirchiq, Qibray, Zangiota tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, ushbu holat bo‘yicha uzr so‘ragan holda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarga tayyor turishingizni iltimos qilamiz.

Rejali o‘chirishlarning davomiyligi uzog‘i bilan ikki soat davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring