Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chiroqchi voqeasi» bo‘yicha tuman IIB rahbarlari ishdan haydaldi

«Chiroqchi voqeasi» bo‘yicha tuman IIB rahbarlari ishdan haydaldi

Foto: Xabar.uz

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 7-mart kuni Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, «Chiroqchi voqeasi» bo‘yicha yana 6 nafar IIB xodimi ishdan olinganini ma’lum qildi. Bu haqda IIB axborot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Chiroqchi tuman IIB boshlig‘i Fazliddin Yusupov, tuman IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Norbek Qobilov, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar Nodir Ismatov, tergov bo‘yicha o‘rinbosar Dilshod Rasulov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Yunus Mengnorov va 4-sonli IIB katta profilaktika inspektori Sherzod Rahmonov esa endi ular ichki ishlar tizimida faoliyat yuritmasligi ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak 2020-yil 23-yanvar IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgandi. Keyinroq IIBning boshqa xodimlari ushbu jinoyatni yashirish maqsadida guvohlarga bosim o‘tkazgani ma’lum bo‘lgandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olingani haqida xabar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring