Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Dam olish kunida bizni qanday  ob-havo kutmoqda?

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometerologiya markazi dam olish kunida kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Dam olish kunlari respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo tarqaladi. Tungi harorat 18-20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi termometr ustunchasi 35-37 darajagacha, shimolda, janub va cho‘l zonasida 38-40 darajagacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4 darajaga yuqori.

Barcha viloyatlarda asosan havo ochiq bo‘ladi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida shanba kuni ob-havo biroz beqaror bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring