Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo bilan tanishing

Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo bilan tanishing

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeroliya markazi dam oish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Turkmaniston hududidan kirgan nam havo oqimlari ta’sirida ob-havoning bulutli bo‘lishi, ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, mamlakatning shimoliy hududlarida kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 4-9 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bunday harorat shu kun me’yoriga yaqindir.

Shanbadan yakshanbaga o‘tar vaqtda havo oqimlari almashib ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda. Iliq havo oqimi o‘rnini Volgabo‘yi hududidan kiradigan salqin va nisbatan nam havo oqimi egallaydi. Ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik kuzatiladi.

Respublikaning tog‘li tumanlarida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi mumkin. Shu kunlarda sinoptiklar haroratning kechasi 0-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayishini prognoz qilmoqdalar, bu harorat kun me’yorlaridan 2-4 darajaga pastdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring