Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunlarida havo harorati biroz pasayishi kutilyapti

Dam olish kunlarida havo harorati biroz pasayishi kutilyapti

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zgidromet» dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

29-may kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga quruq va juda issiq havo oqimining ta’siri davom etdi. Shu sababli Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati 37-42 daraja atrofida saqlanib turdi.

Respublikaning qolgan hududlari janubi-sharqiy Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlaridan kirayotgan nisbatan salqin havo oqimi ta’sirida bo‘ladi, natijada havo haroratining bir oz — 34-37 darajagacha, janubda 39 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari va respublikaning tog‘li tumanlarida konvektiv bulutlar rivojlanishi bilan kechki soatlarda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

Bunday ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi. Bu kunlarning harorati o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring