Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat gerbining mohiyati tushuntirildi

Davlat gerbining mohiyati tushuntirildi

Kecha, 1 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy va ma’naviy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan «Olamni mahliyo aylagan diyor!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilgan.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik departament, boshqarma va bo‘limlari, hududiy boshqarmalari hamda tizimdagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot va muassasalarining 200 nafardan ortiq rahbar-xodimlari ishtirok etgan.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ma’ruzachi sifatida qatnashgan Ijtimoiy va ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari tomonidan davlat gerbi to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati, unda belgilab qo‘yilgan normalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring