Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yil yakunigacha davlat idoralariga ishga kirishning shaffof tizimi yaratiladi

Joriy yil yakunigacha davlat idoralariga ishga kirishning shaffof tizimi yaratiladi

Joriy yil yakuniga qadar davlat tizimiga ishga kirishning shaffof tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada davlat rahbari ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda mutasaddilarga tegishlicha topshiriqlar berdi.

Jumladan, yig‘ilishda Prezident tomonidan qobiliyatni aniqlash, o‘qitish, ishini yaxshi yo‘lga qo‘yishga o‘rgatadigan yaxlit tizim bo‘lmagani uchun, ayrim rahbar kadrlar berilgan vazifalarni eplay olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan 6 oyda bilim va ko‘nikmalari yetishmagani bois, 37 nafar tuman va shahar hokimlari almashtirilgan.

«Umuman, mas’ul lavozimlarda o‘tirgan rahbarlarni tanlash, tayyorlash va motivatsiya berish yo‘lga qo‘yilmagani ijrodagi oqsoqliklarning asosiy sabablaridan biri bo‘lmoqda.

Shu bois, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, so‘nggi 2 yil davomida chuqur muhokamalar asosida «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonun tayyorlandi.

Yig‘ilishda ushbu Qonun bilan belgilanayotgan yangi tizimning har bir idora va hudud kesimida qanday ishlashi, bu borada turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi», – deyiladi Prezident matbuot xizmati bergan xabarda.

Yig‘ilishda birinchi navbatda davlat idoralariga ishga qabul qilishning ochiq-oshkora tizimi joriy etilishi zarurligi ta’kidlanib, bu borada o‘tkazilgan so‘rovlarning 38 foizi «davlat tizimiga ishga kirishda shaffoflikni oshirish lozim», mazmunida fikr bildirgani aytib o‘tildi.

Davlat rahbari shu munosabat bilan yil yakunigacha:

– barcha vakant lavozimlar ochiq yagona elektron platformaga joylashtirish;

– bo‘sh lavozimga tanlovda ishtirok etish uchun hozirgi kunda talab etilayotgan 16 ta hujjatni so‘ramaslik, barcha jarayonlarni elektron shaklga o‘tkazish;

– ochiq tanlov orqali nomzodning bilimi, tajribasi va salohiyati aniqlash mexanizmini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring