Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat test markazi xodimlariga ham Toshkent propiskasi beriladi

Davlat test markazi xodimlariga ham Toshkent propiskasi beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarini propiska qildirish huquqiga ega tashkilotlar soni 80 taga yetdi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-mart kuni imzolangan №191-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 79 ta tashkilot mavjud edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring