Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat xizmatlari agentligi delegatsiyasi Bokudagi xalqaro forumda ishtirok etdi

Davlat xizmatlari agentligi delegatsiyasi Bokudagi xalqaro forumda ishtirok etdi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

Davlat xizmatlari agentligi delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib o‘tadigan Birlashgan millatlar tashkilotining davlat xizmati bo‘yicha forumi hamda BMT mukofoti bilan taqdirlash marosimida ishtirok etishdi.

Tadbirda 100 dan ortiq davlatlardan 450 nafardan ziyod delegatlar, shu jumladan, davlat tashkilotlari, hokimliklar va fuqarolik jamiyati, ilm-fan va xususiy sektor, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Har yili 23-iyun kuni BMTning davlat xizmati kuni nishonlanadi. Bu kun mazkur sohada nufuzli xalqaro e’tirof deb hisoblanmish mukofot topshiriladi.

Mukofot dunyoda davlat boshqaruvi sohasidagi innovatsiyalarni qo‘llab-quvatlash va rag‘batlantirish uchun 2003-yilda tashkil etilgan. Ushbu mukofot oshkoralik va shaffoflik, davlat xizmatlari tezkorligini oshirish, xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, idoraviy qarorlarni qabul qilishda innovatsion mexanizmlarni qo‘llash, boshqaruv sohasida bilim va ko‘nikmalarni almashish mezonlari asosida beriladi. Bugungi kunda ushbu mukofot dunyoning 82 mamlakatining 250 ta tashabbusi uchun topshirilgan.

Ozarbayjonning «ASAN xidmət» xizmati o‘zimizning Davlat xizmatlari markazlarining analogi hisoblanib, barcha zarur bo‘lgan xizmatlarni tezkor va qulay tarzda «bir darcha» tamoyili asosida olish mumkin bo‘lgan maskan hisoblanadi.

Mazkur markazlar 2012-yilda o‘z faoliyatini boshladilar, 2015-yilda esa davlat xizmatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun «Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasini takomillashtirish» nominatsiyasida BMTning mukofoti sovrindori bo‘ldi.

Xizmat safari davomida quyidagilar rejalashtirilgan:

- davlat xizmati bo‘yicha BMT Forumi hamda taqdirlash marosimida ishtirok etish;

- Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi;

- «ASAN xidmət» markazlari faoliyati bilan yanada yaqinroq tanishish;

- davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida O‘zbekiston imkoniyatlarini o‘rganish hamda «Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasini takomillashtirish» nominatsiyasida BMT va ASAN ISESCO mukofotlarini olish uchun loyihalar ishlab chiqish. Davlat xizmatlari agentligi direktor o‘rinbosari N. Muhammadiyev boshchiligidagi Agentlik delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib o‘tadigan Birlashgan millatlar tashkilotining davlat xizmati bo‘yicha forumi hamda BMT mukofoti bilan taqdirlash marosimida ishtirok etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring