Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DSQ vakili ayrim dorilar narxi oshganiga izoh berdi

DSQ vakili ayrim dorilar narxi oshganiga izoh berdi

Foto:«Pravda.ru»

Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Nazarov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda ayrim muhim savollarga javob berildi. 

Davlat ishida ishlaydigan, sirtqi bo‘limda o‘qiydigan talaba, agar u oyligidan kontrakt pulini to‘lasa, daromad solig‘idan ozod bo‘ladimi?

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga asosan fuqarolarning soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlarining O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan summalari soliq solinmaydigan daromadlar tarkibiga kiritilgan.

Shunga asosan, Siz davlat tashkilotida ishlagan holda oliy o‘quv yurtining sirtqi bo‘limida kontrakt asosida o‘qishingiz uchun ish haqingizdan to‘lov o‘tkazilayotgan bo‘lsa, yoshga doir cheklovlarsiz ish haqingizning o‘qishga yo‘naltirilgan summasiga soliq chegirmasi beriladi.

«Seftraks sb» dorisining narxi kuniga oshib ketyapti. Avval narxi 32 000 so‘m edi, hozir 40 000 so‘mdan oshib ketdi. Dorixonalarga biror chora ko‘riladimi?

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan vakolatli idoralar bilan birgalikda, asosiy turdagi oziq-ovqat hamda birlamchi tibbiyot mahsulotlari narx-navosi ustidan doimiy monitoring olib borilmoqda hamda 9,4 mingta dorixonaga soliq idoralari xodimlari biriktirilgan hamda har biri bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, kafolat xatlari olingan.

Shunga qaramasdan, narx-navoning asossiz o‘sishi holatlari uchrab turibdi hamda vakolat doirasida choralar ko‘rilmoqda.

Karantin joriy qilingandan buyon soliq idoralari tomonidan noqonuniy savdo va narxlarning oshirilishi bo‘yicha jami 4 092 ta holat aniqlanib, jami 12,7 mlrd so‘mlik (shundan dori-darmon va tibbiyot niqoblari — 143 ta holatda 1310 mln so‘mlik) mahsulotlar olindi.

Mazkur holat bo‘yicha aniq ma’lumot berilsa, DSXOlar tomonidan tegishli o‘rganish o‘tkazilib, aniq javob beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring