Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Havosi eng ifloslangan shaharlari reytingida Toshkent 3-o‘rinni egalladi

Havosi eng ifloslangan shaharlari reytingida Toshkent  3-o‘rinni egalladi

Foto:«Xabar.uz»

AirVisual nashri ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng ifloslangan 30 shaharning 22tasi Hindistonda joylashgan. Ro‘yxatda 19 million aholi istiqomat qiladigan Dehli shahri yetakchilik qilmoqda.

Achinarlisi, poytaxtimiz Toshkent shahri ham o‘ntalikdan joy olib, 3 pog‘onani band qilgan. Ro‘yxatda Lahor (Pokiston), Daha (Bangaladesh), Xanoy (Vetnam), Kolkata (Hindiston), Jakarta (Indoneziya), Mumbay (Hindiston), Xo Chi Min (Vetnam) va Tehron (Yeron) kabi havosi yeng ko‘p ifloslangan shaharlar mavjud.

AirVisualning aniqlashicha, O‘zbekistonda har kubometr havoga 6,92 mikrogramm sog‘liq uchun zararli bo‘lgan moddalar bor. Toshkent havosida esa – 158 mikrogrammni tashkil qiladi.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti har yili dunyoda ifloslangan havo tufayli 7 million kishi muddatidan oldin hayotdan ko‘z yumishini taxmin qilmoqda. Ularning fikricha, jaxon iqtisodiyot ish kuchi yetishmasligi tufayli 225 milliard dollarni yo‘qotmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida e’lon qilingan 2018-yilgi reytingda O‘zbekiston havo ifloslanishi darajasi eng yuqori bo‘lgan yigirmata mamlakat qatoriga kirgandi. Reytingga ko‘ra,O‘zbekiston 16-o‘rinni egallagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring