Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX kiyimidagi shaxs 5 000 AQSh dollari olayotganda ushlandi

DXX kiyimidagi shaxs 5 000 AQSh dollari olayotganda ushlandi

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Joriy yilning 3-mart kuni Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro X.N. viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qiladi.

U arizasida, o‘zini E.N. «DXX Toshkent shahar boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i» deb tanishtirgan shaxs o‘g‘lini DXX harbiy qismlaridan biriga ishga kiritib qo‘yishi uchun 5 000 AQSh dollari talab qilayotganligini ma’lum qilib, qonuniy chora ko‘rishini so‘raydi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur arizaga asosan, «Zarbdor oyligi» doirasida Toshkent viloyati IIBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish va O‘z xavfsizlik boshqarmasi viloyat bo‘limi xodimlari va DXX xodimlari hamkorligida Chirchiq shahrida tezkor tadbir o‘tkaziladi.

Tadbir davomida o‘zini – E.M. «DXX Toshkent shahar boshqarmasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i» deb tanishtirgan shaxs, katta leytenant unvonidagi DXXning xizmat kiyimi (formasi)da arizachidan kelishilgan 5 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olayotgan vaqtda, tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

O‘tkazilgan suhbat davomida ushbu shaxs – Surxondaryo viloyatida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan E.M., hech bir davlat organi yoki boshqa tashkilotda ishlamasligi, shuningdek, avvalroq DXXga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘taganligi aniqlangan.

Ushlangan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring