Ekspert pul almashishi haqidagi savolga javob bermadi
Ekspert, huquqshunos, iqtisodchi Adham Shodmonov O‘zA savollariga javob berdi.
O‘zA ekspertga shunday savol bergan:
— Pul almashar ekan degan mish-mishlarga sizning fikringiz? Qachon va qanday vaziyatlarda davlat puli o‘zgarishi mumkin? Agar shunday ehtimol bo‘lsa, odamlar qancha vaqt oldin xabardor etiladi?
Ushbu savolga u shunday javob qaytargan:
— Mish-mishlardan xabardor bo‘lish, qaysidir ma’noda ogohlik va profilaktika chorasidek ta’sir qilishi mumkin. Biroq iqtisodiy-moliyaviy va bank tizimida mish-mishlarga emas, rasmiy bayonotlarga tayangan ma’qul.
Aytish kerakki, O‘zA ushbu ekspertning qayerda faoliyat ko‘rsatishi haqidagi ma’lumotni keltirmagan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi sifatida ham aynan Adham Shodmonov ismli deputat faoliyat ko‘rsatadi. Ammo O‘zAga intervyu bergan ekspert aynan u yoki u emasligi haqida bizda ma’lumot yo‘q.
Xalqimizda «Men nima deymanu, qo‘bizim nima deydi?», degan naql bor. Afsuski, ko‘rib turganingizdek, ko‘plab mas’ullar, ekspertlar konkret qo‘yilgan savolga «aylanib o‘tib ketish» usulidan hamon foydalanmoqda.
Xulosa esa o‘zingizdan...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter