Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimlar xalq deputatlari mahalliy Kengashiga rais bo‘lmaydi

Hokimlar xalq deputatlari mahalliy Kengashiga rais bo‘lmaydi

Foto: «Sangzor.uz»

Endilikda hokimlar xalq deputatlari mahalliy kengashiga raislik qilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilib o‘tdi.

– Xalq deputatlari mahalliy Kengashiga hokim rais bo‘lmaydi. Deputatlarga 2 yilda katta imkoniyatlar berdim. Faqat qo‘l ko‘taradi. Rahbar vatanparvar bo‘lishi kerak, xalqparvar bo‘lishi kerak! Qaysi biringlar xalqni yaxshi ko‘rasizlar?!

Xatoni kechiraman, xiyonatni kechirmayman. Pora oldimi, tamom, u qamaladi.

Men bugun taklif eshitgani kelganman. Menga maqtov kerakmas, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring