Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi Toshkent metrosida uzoqroq yurgan yo‘lovchi ko‘proq pul to‘laydi

Endi Toshkent metrosida uzoqroq yurgan yo‘lovchi ko‘proq pul to‘laydi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent metrosida 2021-yilning iyun oyiga qadar tabaqalashtirilgan tarif tizimi yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston transport vaziri vazifasini bajaruvchi Ilhom Mahkamov ma’lum qildi, deya yozmoqda  «Daryo».

«Bugun metro yo‘nalishlari uzunligi ortmoqda. Ammo bir-ikki kilometr yurgan odam ham 1400 so‘m to‘laydi, 10—15 kilometr foydalangan odam ham 1400 so‘m to‘lamoqda. Yaqinda avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini tatbiq qildik. Bu bizga tahlil qilish imkoniyatini yaratib beradi», — deydi Mahkamov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki-uch oylik tahlillardan so‘ng, «kimning qancha masofa yurgani va uning tannarxga ta’siridan kelib chiqib», tabaqalashtirilgan tarif tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. «Bu tizim shu yilning yarmigacha ham bormay amaliyotga joriy qilinadi», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili dekabr oyi oxirida Toshkentda yana bir Sergeli yo‘nalishi ochilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring