Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Energetika nazorati bo‘yicha Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etildi

Energetika nazorati bo‘yicha Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etildi

Foto: «Xabar.uz»

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori imzolangani xabar qilingandi.

Qarorga ko‘ra, Bosh prokurorning yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Ushbu Bosh prokuror o‘rinbosari O‘zenergoinspeksiya zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishga amaliy yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Qarorda Bosh prokuratura zimmasiga ikki hafta muddatda yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish yuklatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring